Xitoy Toshkentga mobil podstansiyalar yetkazib beradi — Energetika vaziri

O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkent Xitoydan ko‘chma mobil podstansiyalar olishini ma’lum qildi. Uskunalardan statsionar podstansiyalarni ta’mirlashda foydalaniladi.
Mirzamahmudov kadrlar tayyorlash masalasiga ham to‘xtaldi. Shu tariqa, China Datang Corporation kompaniyasi yashil energiya bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi. Bundan tashqari, Xitoy bilan energetika sohasida gidroakkumulyatsiya stansiyalarini ishga tushirishga kelishib olindi. Xitoy tomoni elektr uzatish liniyalarini qurish va ishga tushirishda ham yordam beradi.
Energetika vazirining qo‘shimcha qilishicha, Pekin Toshkentning energetika sohasidagi eng yirik investori va hamkori hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga, balki energiya uskunalariga ham sarmoya kiritmoqda.
Bundan avval prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi energetika va yadro kompaniyalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgandi.
Unga ko‘ra, Mirziyoyev China National Petroleum Corporation (CNPC) direktorlar kengashi raisi Day Xoulyan bilan muzokara olib bordi. CNPC dunyoning eng yirik energetika kompaniyalaridan biri bo‘lib, O‘zbekistonga kiritilgan investitsiyalar hajmi $5 mlrddan oshgani qayd etildi. Uchrashuvda gaz saqlash inshootlari qurish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.