Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurash tajribasi O‘zbekistonda joriy etilmoqda

eʼlon qilindi
Pekinning 32 yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqqan tajribalari asos qilib olingan
Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurash tajribasi O‘zbekistonda joriy etilmoqda / Foto: ChatGPT

2025-yil 3-sentabr kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) Xitoyning qashshoqlikka qarshi kurash bo‘yicha tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish jarayoni haqida hisobot taqdim etdi (hisobot Kursiv Uzbekistan’da mavjud).

Unga ko‘ra, Pekin ishlab chiqqan 32 ta yo‘nalish asosida turli loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Shan’gan tajribasi asosida baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik va asalarichilik kooperatsiyalari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbuslar 30 ta tumanni qamrab olishi kutilmoqda.

Shuningdek, Fumin hududidagi tajriba asosida kam ta’minlangan oilalar o‘simlik yetishtirishga jalb etiladi. Yer maydonlari «mahalla yettiligi» tavsiyasi bilan ijaraga beriladi.

Yana bir «yashil tashabbus» sifatida brussoneciya daraxti ekilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda 100 gektar plantatsiya barpo etish ishlari boshlangan. Tyanjjen tajribasi asosida esa 300 ta mahallada quyosh elektr stansiyalari qurilmoqda. Bu mahallalarni elektr energiyasi bilan ta’minlash bilan birga yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalardan 5 ming nafar yoshlar IT kurslariga jalb qilinmoqda. Ular uchun pochta bo‘limlari negizida onlayn-savdo markazlari tashkil etilib, yirik savdo platformalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun 28 ta tumanda texnikumlar ochildi. Kelajakda 165 ta ish beruvchi bilan amaliyot va bandlik masalalari bo‘yicha hamkorlik rejalashtirilgan.

Tibbiy xizmatlar borasida esa Tszybo shahri tajribasi asosida dastur ishlab chiqilib, yaqin orada 140 ming kam ta’minlangan oila tibbiy ko‘rik va davolanish bilan qamrab olinadi.

ITIM ta’kidlaganidek, Xitoy tajribasi O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilayotganda iqtisodiy va madaniy xususiyatlar inobatga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 37,8 mingdan oshgani haqida yozgan edik.

Shuningdek