Yangiyo‘lda chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlagan choyxona rahbari jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
4,12 mln so‘m jarima qo‘llandi
Foto: Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlagan choyxona rahbari 4,1 mln so‘m jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumanidagi «Ulfatlar» choyxonasida chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlanayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat IIB post-patrul xizmati xodimlari joyiga chiqib, vaziyatni o‘rgandi.

Tekshiruv davomida ayni vaqtda choyxonada chumchuq go‘shtidan shashlik pishirilayotgani aniqlanmagan. Davlat inspektorlari choyxona rahbaridan izoh so‘raganida, u videolavhaning ilgari — mijozlarni jalb qilish maqsadida tasvirga olinganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda bunday amaliyot to‘xtatilgan.

Inspektorlar tomonidan kelgusida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shu bilan birga, choyxona rahbariga 4,12 mln so‘m jarima qo‘llandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentga kelayotgan 361 kilogramm eshak go‘shti to‘xtatib qolingani haqida yozgandi.

Shuningdek