Angrenda IIB tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi
eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Angren shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga $10 ming talab qilgani aniqlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pulning $5 mingini olayotganda dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovchiga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «b» bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida xabar bergan edik.