BMW yangi avlod iX3’ni jahon bozorida taqdim etadi

BMW kompaniyasi 5-sentabr kuni yangi avloddagi ilk seriyali elektromobili BMW iX3’ni jahon bozorida taqdim etadi. Model 8-sentabrda Myunxen avtosalonida ham namoyish etiladi, deya xabar bermoqda ITHome.
BMW Group rahbari Oliver Tsipsega ko‘ra, yangi avlod dizayn, texnologiya va foydalanuvchi tajribasida katta sakrash bo‘lib, sun’iy intellekt, yangi akkumulyator tizimi va raqamlashtirish kabi innovatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

iX3 maxsus ishlab chiqilgan elektr platformasi (NCAR) asosida yaratilgan. U klassik BMW elementlarini saqlagan holda yangi dizayn uslubini qo‘llagan.
Xitoy uchun eksklyuziv versiya ham rejalashtirilgan bo‘lib, unda Alibaba, DeepSeek, Huawei Harmony va Momenta texnologiyalari integratsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMW Neue Klasse uchun yangi elektr dvigatellari ishlab chiqarishni boshlagani haqida yozgan edik.