Buxoroda 13 mlrd so‘mlik mol-mulk solig‘i bekor qilindi

eʼlon qilindi
Biznes-ombudsman devoni tomonidan tegishli xulosa berildi
Foto: depositphotos.com

Buxoro shahrida faoliyat yurituvchi «Kelajak» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) soliq tekshiruvlari yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Biznes-ombudsman devoniga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, soliq organlari tomonidan o‘tkazilgan auditda qurilish ishlari 24 oy ichida yakunlanmagani qayd etilib, korxonaga 2023-yil uchun 6,4 mlrd so‘m, 2024-yil uchun 6,7 mlrd so‘m, jami 13,1 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i hisoblangan.

Biroq murojaatni o‘rganish davomida qurilish obyektining ishga tushirish muddati vakolatli organlar tomonidan 2026-yil dekabr oyiga qadar uzaytirilgani aniq bo‘ldi. Shu sababli Soliq kodeksining 411-moddasi 2-qismiga asosan hisoblangan soliq qo‘llanilmaydigan bo‘ldi.

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tegishli xulosa berilgach, MChJga soliq tekshiruvi davomida hisoblangan 13,1 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i bekor qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzaxda soliq qarzini kamaytirish evaziga pora olgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek