Donald Tramp Oq uyda texnologiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi

eʼlon qilindi
Rose Garden Club hududida
Donald Tramp Oq uyda texnologiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi / Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning yaqinda ta’mirlangan Rose Garden bog‘ida to‘rt nafar texnologiya rahbari uchun kechki ziyofat tashkil etmoqda. Tadbirda Mark Sukerberg (Meta), Tim Kuk (Apple), Bill Geyts (Microsoft), Sem Altman (OpenAI) hamda Sundar Pichai (Google/Alphabet) ishtirok etadi, deya xabar bermoqda CNN.

Oq uy matbuot xizmatiga ko‘ra, yangilangan hudud endi Rose Garden Club deb ataladi va prezident uni siyosat, biznes va texnologiya yetakchilarini muntazam qabul qilish joyiga aylantirishni rejalashtirgan.

Foto: Doug Mills/Pool/AFP/Getty Images

Rose Garden qayta ta’mirlanish jarayonida maysalar olib tashlanib, o‘rniga tosh yotqizildi, prezident muhrlari o‘rnatildi va yoritish hamda musiqiy tizim yangilandi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, bog‘da mashhur qo‘shiqlardan tortib, klassik musiqagacha muntazam yangrab turmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp sog‘lig‘i haqidagi mish-mishlarni rad etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek