DXXga ishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
DXXga ishga kiritishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi / Foto: DXX

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, fuqarolarni ishga joylashtirishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyatida avval firibgarlik uchun sudlangan shaxs yana jinoyatga qo‘l urib, bir fuqaroning ishonchiga kirgan. U DXXga ishga joylashtirishni va’da qilib, $30 ming va 510 mln so‘m pulni olgan. Shuningdek, qarindoshini Qurolli Kuchlar akademiyasiga kiritish bahonasida yana $10 ming talab qilgan. U tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olingan.

Samarqand viloyatida esa yana bir shaxs $7 ming olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilar aholiga bunday va’dalarga ishonmaslik va huquqbuzarlik holatlari haqida darhol xabar berishni eslatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angrenda IIB tergovchisi pora bilan qo‘lga tushgan edi.

Shuningdek