Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
eʼlon qilindi
Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Qarshi, Marg‘ilon va Nukus shaharlarida bir qator qonunbuzarliklar fosh etildi.
Qarshi shahrida fuqaro kompyuter o‘yinlari zalida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 207,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan foydalangani aniqlandi.
Marg‘ilon shahrida esa fuqaro ovqatlanish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 117,9 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Nukus shahrida MCHJ mas’ul shaxslari qurilish ishlari jarayonida 106,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.