
AnTuTu benchmark platformasi avgust oyida narx va unumdorlik nisbatiga ko‘ra eng yaxshi smartfonlarni aniqladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ro‘yxatga kirgan modellarning barchasi arzon segmentga mansub bo‘lsa-da, ular kuchli protsessor va yuqori sifatli kameralar bilan ajralib turadi.
Reytingda birinchi o‘rin Realme GT7 Pro’ga nasib etdi. Qurilma Snapdragon 8 Elite chipida ishlaydi va kuchli hisoblash samaradorligi bilan bozorda o‘z o‘rnini mustahkamladi. Ikkinchi pog‘onada Honor GT Pro qayd etilib, u Snapdragon 8 Elite Leadership Edition protsessori bilan jihozlangan. Kuchli uchlikni iQOO 13 modeli yakunladi.
Ro‘yxatning yuqori o‘nligiga yana bir qator flagman darajasidagi brendlar kiritildi. Ulardan OnePlus 13 va 13T, Honor Magic7, Vivo X200, Oppo Find X8 hamda Find X8s modellarini alohida ta’kidlash mumkin. Qiziqarli tomoni shundaki, AnTuTu tahliliga ko‘ra, reytingda qayd etilgan barcha smartfonlar 12/256 GB xotira konfiguratsiyasida baholangan.
Reyting
O‘rin | Model | Xotira | Ball |
---|---|---|---|
1 | iQOO Z10x | 8GB + 128GB | 744.6 |
2 | vivo Y300t | 8GB + 128GB | 658.3 |
3 | Redmi Note 15 | 6GB + 128GB | 607.6 |
4 | Redmi Note 14 5G | 6GB + 128GB | 552.2 |
5 | vivo Y200t | 8GB + 128GB | 551.7 |
6 | Redmi 14C | 4GB + 64GB | 546.5 |
7 | OPPO K12x 5G | 8GB + 128GB | 545.2 |
8 | Nubia Xiao Niu | 12GB + 256GB | 533.5 |
9 | Meizu Note 16 | 8GB + 128GB | 531.6 |
10 | Honor Play 9T | 8GB + 128GB | 504.7 |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri eng yaxshi smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.