
Smartfon xarid qilishda uning texnik xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim. Ushbu maqolada 2025-yilning eng yaxshi 5G smartfonlari va ularning texnik xususiyatlari haqida so‘z boradi.
iPhone 16 Pro Max

Undagi mavjud 6,9 dyuymli ekran iPhone tarixida eng kattasi. Tasvir yorqin va ranglari alohida ajralib turadi. A18 Pro chipi vazifalarni tez bajaradi. Batareya quvvati 17 soat 17 daqiqaga yetadi. Ekran yorqinligi o‘lchovida undan Pixel 9 Pro biroz ustun kelgan. Korpus o‘lchami biroz o‘zgargan, lekin u S24 Ultra’dan yupqaroq va yengilroq. Katta ekran sabab bir qo‘l bilan boshqarish qiyin bo‘lishi mumkin.
Samsung Galaxy S25 Ultra

Modeldagi 6,9 dyuymli displey katta ish maydonini beradi. S Pen chizish va yozish uchun qulay. Snapdragon 8 Elite for Galaxy juda tezkorlikni bag‘ishlaydi. Batareya 17 soat 41 daqiqaga yetadi. To‘rtta orqa kamera turli masofalarda tiniq kadr beradi. Bluetooth funksiyalari S Pen’da qisqartirilgan. Biroq Galaxy SI kundalik ishlarni yengillashtiradi.
Google Pixel 10

Undagi 6,3 dyuymli ekran ixcham korpusda joylashgan. Tensor G5 chipi SI vazifalarida kuchli. Batareya vaqti 13 soat 13 daqiqa atrofida bo‘lib, u kundalik foydalanish uchun yetarli bo‘ladi. Magic Cue suhbat va qo‘ng‘iroqlarda kerakli ma’lumotni oldindan taklif qiladi. Voice Translate sizning ovozingiz ohangida boshqa tilda gapirib bera oladi.
Google Pixel 9a

Ushbu model qimmat flagmanlarga nisbatan ancha hamyonbop. Tensor G4 chipi bor. Displey juda yorqin. SI funksiyalaridan aksariyati saqlangan. Ikki orqa kamera o‘z sinfida juda kuchli surat beradi. Batareya vaqti 13 soat 08 daqiqaga yetadi. Dizayn soddalashgan, ammo rang tanlovi boyligi ajralib turadi.
iPhone 16

Ushbu modeldagi 6,1 dyuymli ekran kundalik foydalanish uchun qulay. Undagi A18 chipi ko‘p vazifalarni bajarishda qo‘l keladi. Batareya vaqti 12 soat 43 daqiqaga yetadi. Action tugmasi ilovalarni tez ishga tushirishga yordam beradi. Camera Control tugmasi suratga olishni soddalashtiradi. Telefoto yo‘q, lekin umumiy paket o‘z narxini oqlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng yaxshi smartfonlari haqida yozgan edi.