Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi

5-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida «Ohangaron–Pungon» magistral gaz quvuri orqali gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bu yangi qurilgan 22 km qo‘shimcha quvurni tarmoqqa ulash ishlari bilan bog‘liq.
Mazkur quvur Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida aholining gaz ta’minotini yanada ishonchli qilishga xizmat qiladi.
Ta’mirlash davrida avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari va yirik iste’molchilar ta’minotida vaqtincha cheklovlar joriy etiladi. Shu bilan birga, aholiga qulaylik yaratish maqsadida avtobenzin savdosi ko‘paytiriladi.
Mutasaddilar aholining kundalik turmushida muammolar kelib chiqmasligi uchun zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada plastmassa sexi besh mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlagani fosh etilgani haqida yozgan edik.