Fermerlar g‘alla va paxtadan tashqari mahsulot sotishda QQSdan ozod etiladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-yanvardan boshlab
Fermerlar g‘alla va paxtadan tashqari mahsulot sotishda QQSdan ozod etiladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 4-sentyabr kuni qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish masalalari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

So‘nggi yillarda paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun ajratildi, 160 ming gektar yangi bog‘ va tokzor barpo etildi, 1,5 ming loyiha asosida $1 mlrdlik oziq-ovqat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shunga qaramay, sohada yashirin iqtisodiyot ulushi yuqoriligicha qolmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab dehqon va fermerlar g‘alla va paxtadan tashqari yetishtirgan mahsulotlarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiladi. Shu bilan birga, urug‘, o‘g‘it, yoqilg‘i va transport kabi xarajatlarga to‘langan QQSni qaytarib olish imkoniyati saqlanadi.

Bu yengillik natijasida fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 mlrd so‘m qoladi, yana 400 mlrd so‘mlik soliqni qaytarish imkoni bo‘ladi. Islohotlar sohani «soya»dan chiqarib, sanoatlashtirish va qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishga turtki beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Islom sivilizatsiyasi markazining yakuniy qurilish ishlari bilan tanishgan edi.

Shuningdek