Imom Moturidiy rekonstruksiyasi sababli buziladigan uylar bozor bahosida kompensatsiya qilinadi

eʼlon qilindi
Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi munosabat bildirdi
snos
Imom Moturidiy rekonstruksiyasi sababli buziladigan uylar bozor bahosida kompensatsiya qilinadi. Foto: util-euro-metall.ru

Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi Imom Moturidiy maqbarasi rekonstruksiyasi doirasida buzilayotgan uylar va binolar haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, prezident farmoni asosida Imom Moturidiy majmuasini rekonstruksiya qilish, uning atrofini obodonlashtirish va ziyorat markaziga aylantirish belgilangan. Bu jarayonda barcha loyihalar Madaniy meros agentligi bilan kelishiladi va YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

2025-yil 6-mart kuni Ilmiy-ekspert kengashida loyiha ko‘rib chiqilib, ma’qullangan. Shuningdek, xalqaro mutaxassislar jalb qilinib, qurilish va obodonlashtirish ishlarining madaniy merosga ta’siri yuzasidan hisobot tayyorlangan va YUNESKOga yuborilgan.

Agentlik 2022-yil 29-iyunda qabul qilingan qonunga ko‘ra, jamoat ehtiyojlari uchun uy-joylari buziladigan fuqarolarning turarjoylari bozor qiymatida baholanib, belgilangan tartibda ularga pul kompensatsiyasi to‘lab berilishini ma’lum qildi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, majmua atrofidagi hududni keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish jarayonida 220 ta turar joy va noturar joy binolari, jumladan, YUNESKOning Jahon merosi obyekti hududidagi binolar ham buzilgan. Aholining fikricha, kompensatsiya sifatida taklif etilayotgan mablag‘lar shahar ichidagi shunga o‘xshash uy-joylar qiymatini qoplamaydi. Shuningdek, aholi ko‘chirishdagi ruhiy bosim, tahdid va noshaffoflikdan shikoyat qilgan.

Bundan avval ham agentlik ushbu loyiha doirasida Samarqanddagi 220 ta mulk tortib olinishi bo‘yicha rasmiy izoh bergandi.

Unga ko‘ra, barcha ishlar mavjud qonunchilikka qat’iy rioya etgan holda amalga oshirilmoqda. Mulklarni tortib olish yoki noqonuniy harakatlar haqida rasmiy qaror yo‘q. Agentlik bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslikni, faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya qilgandi.

Shuningdek