Italiyalik mashhur dizayner Jorjio Armani vafot etdi

4-sentabr 2025 18:52 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Italiyalik mashhur dizayner Jorjio Armani vafot etdi / Foto: Estrop/Getty Images

Mashhur italyan moda dizayneri Jorjio Armani 91 yoshida vafot etdi. Armani Groupning ma’lum qilishicha, u yaqinlari qurshovida hayotdan ko‘z yumgan, deya yozmoqda CNN.

Armani o‘z faoliyati davomida italyancha nafislik timsoliga aylangan. Gollivud qizil gilamida yulduzlarga liboslar taqdim etib, modani yangi bosqichga olib chiqqan. 1975-yilda asos solingan Jorjio Armani brendi qisqa vaqt ichida dunyo bo‘ylab mashhur bo‘ldi.

Foto: Runway Magazine

U Richard Gere, Sofiya Loren, Arnold Shvartsenegger kabi yulduzlarni kiyimlari bilan bezagan, Versace bilan raqobatda 1980-yillarga o‘z uslubini muhrlagan. Armani nafaqat liboslar, balki Emporio Armani, Armani Exchange, Armani/Casa kabi yo‘nalishlar hamda hashamatli mehmonxonalar bilan ham tanilgan.

Foto: Michel Maurou/WWD/Getty Images

Armani Italiya Respublikasi ordeni, xalqaro mukofotlar va BMT Qochqinlar agentligi elchisi unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariyada o‘zbekistonlik yigit ukrainalik ayolni qutqarishga urinib halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek