Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

eʼlon qilindi
Andijon, Surxondaryo viloyatlari va poytaxt dorixonalarida
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Andijon viloyati Bulokboshi tumanida muqaddam sudlangan fuqaro Damas avtomashinasida 124 dona «Regapen» dorisini Andijonga olib kelayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Toshkent shahri Yangi hayot tumanida esa «N.A.» MChJ dorixonasi xodimi 50 dona «Omnadren 250» dorisini shifokor retseptisiz 3 mln so‘mga sotayotganda ushlangan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida fuqaro 200 dona «Benzonal» dorisini 1,2 mln so‘mga sotayotganda dalillar bilan qo‘lga tushdi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq departament tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan edi.

Shuningdek