
OPPO kompaniyasi yangi A6 Pro smartfonining rasmiy taqdimot sanasini e’lon qildi. Qurilma 9-sentabr kuni taqdim etiladi.
Ishlab chiqaruvchi uni «telefonlar uchun olti yillik chidamlilik davrini boshlab beruvchi model» sifatida ta’riflamoqda. Rasmiy posterga ko‘ra, OPPO A6 Pro old panelida markaziy joylashtirilgan bitta teshikli tekis ekran bilan jihozlangan. Ramkasi hozirda trendga aylangan to‘g‘ri burchakli shaklda va oltin rangda ishlangan. Orqa qismi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmagan.
Bundan avval OPPO A6 GT modeli JD.com va boshqa savdo maydonchalarida taqdim etilgandi. U Snapdragon 7 Gen 3 protsessori, 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va IP69 darajasidagi suvdan himoya bilan ajralib turadi. Qalinligi atigi 7,7 mm bo‘lgan bu model 198 gramm vaznga ega.
A6 GT 6,8 dyuymli OLED displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning aniqligi 2800×1280 piksel, yangilanish chastotasi esa 120 Hz. Ekran OPPO Crystal Shield shishasi bilan himoyalangan. Old kamerasi 32 MP bo‘lsa, orqa panelda uch xil rangda taqdim etilgan korpusda 50 MP asosiy va 2 MP qora-oq datchikdan iborat kamera bloki joylashgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 7000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega Oppo A6 GT 5G smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.
Oppo Xitoyda yangi Oppo A6 GT 5G smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Smartfon 7000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Model avvalgi A6 Max 5G’ning rebrenidng versiyasi bo‘lib, yanada ko‘p konfiguratsiyada va uch xil rangda sotuvga chiqdi.
Smartfon 6,8 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan, uning o‘lchamlari 2800×1280 piksel, yangilanish chastotasi 120 Hz, sensor tezligi esa 240 Hzni tashkil qiladi. Ekran yorqinligi 1600 nitgacha yetadi. Qurilmada ekran osti barmoq izi skaneri va sun’iy intellekt asosida yuzni tanish tizimi mavjud.