Oshayotgan dollar, kitob o‘qish evaziga yengillashtirilgan qamoq jazosi, «Qayrat» — «Real Madrid» uchun chiptalar — 4-sentabrning muhim yangiliklari

eʼlon qilindi
Kunning muhim yangiliklari
Загрязнение воздуха
Foto: e-cis.info

Kursiv Uzbekistan kun davomida ro‘y bergan O‘zbekiston va dunyoda dolzarb yangiliklarni bir joyga jamladi.

4-sentabr kuni xorijiy valyutalarni qaysi banklarda qulay narxda almashtirish mumkin

Курс доллара в обменниках
Foto: Barry A / Unsplash

Tijorat banklari 4-sentabr uchun xorijiy valyutalarni ayirboshlash kurslarini yangiladi. Kursiv Uzbekistan xorijiy valyuta kurslarining eng qulay narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

Sotib olish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 380 so‘m«Davrbank»
EUR14 450 so‘m«Asia Alliance»
RUB156 so‘m«Hamkorbank»

Sotish

ValyutaEng yuqori kurs (sotib olish)Bank nomi
USD12 380 so‘m«Madadinvest»
EUR14 210 so‘m«NBU»
RUB145 so‘m«Hamkorbank»

Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi

Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi
Farg‘ona vodiysida vaqtincha gaz uzatish to‘xtatiladi / Foto: Isp.global

5-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida «Ohangaron – Pungon» magistral gaz quvuri orqali gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi. Unga ko‘ra, bu yangi qurilgan 22 km qo‘shimcha quvurni tarmoqqa ulash ishlari bilan bog‘liq.

«Qayrat» — «Real Madrid»: YChLning Olmaotadagi markaziy o‘yiniga chiptalarni qanday sotib olish mumkin

«Qayrat» futbol klubi Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida «Real»ni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Uchrashuv 30-sentabr kuni Olmaotadagi Markaziy stadionda bo‘lib o‘tadi va Qozog‘istonda yilning eng shov-shuvli sport tadbiriga aylanishi kutilmoqda.

O‘yin arafasida Ticketon va «Qayrat» futbol klubi muxlislarni soxta chiptalar sotilishi holatlari haqida ogohlantirib, chiptalarni qayerdan sotib olish xavfsizligini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatidagi yangi xalqaro aeroport uchun 1300 gektardan ortiq yer ajratiladi

aeroport
Foto: SI yordamida qayta ishlandi

Yangi xalqaro aeroport qurilishi uchun Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan jami 1309,76 gektar yer ajratilishi rejalashtirilmoqda. 

Shundan:

  • sug‘oriladigan yerlar – 1075,45 gektar;
  • bog‘lar – 112,69 gektar;
  • yaylov va pichanzorlar – 0,65 gektar;
  • boshqa yerlar – 120,97 gektar.

Ya’ni O‘rta Chirchiq tumanidan 790,76 gektar ajratiladi. Undan 609,95 gektari sug‘oriladigan yer, 112,63 gektari bog‘, 0,65 gektari yaylov va pichanzor, 67,53 gektari esa boshqa yerlar hisoblanadi.

Xorijdan o‘quvchilarni O‘zbekistondagi maktablarga ko‘chirish bo‘yicha platforma ishga tushdi

Rus maktablari
Foto: Elnur Ahmadov

Xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Mazkur xizmat orqali O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini xorijiy maktablardan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza berishi mumkin.

O‘zbekistonda fuqarolarning 86 foizi pensiyasini bank kartasi orqali oladi

Ozod qilingan shaxslarga bir martalik nafaqa belgilanadi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

2025-yil sentabrda pensiyalarni naqdsiz shaklda oladigan fuqarolar uchun mablag‘lar to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.

Pensiya jamg‘armasi 4,2 million nafar pensioner uchun mablag‘larni tijorat banklariga o‘tkazib berdi. O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3,6 million nafar fuqaroning (jami oluvchilarning 86 foizi) pensiya pullari bank kartalariga yuklandi.

Bo‘stonliqda tadbirkordan noqonuniy ushlab qolingan 115,6 million so‘m qaytarildi

Mahalliy hokimiyat xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
Foto: Facebook/Sun’iy intellekt

Biznes-ombudsman devoniga Bo‘stanliq tumanidagi jamiyat rahbari tijorat banki mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Unga ko‘ra, «Biznesni rivojlantirish banki» hududiy bo‘linmasi sud qarorida belgilangan asosiy qarzdan tashqari, keyingi davr uchun asossiz ustama jarima hisoblab, korxonaning hisobidan 115,6 million so‘m yechib olgani aniqlandi.

Qurilish vazirligi uy qurish uchun ruxsatnomaga pora berish bo‘yicha izoh berdi

Foto: Daqn.uz

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi qurilish sohasida asossiz rad etishlar mavjudligi va korrupsiyaviy holatlar haqidagi fikrlar bo‘yicha izoh berdi.

Vazirlik izohiga ko‘ra, qurilish sohasidagi barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar belgilangan tartibda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Jismoniy yoki yuridik shaxslar shaharsozlik hujjatlarini my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali topshirishi mumkin. Bu jarayonda fuqaro bilan vakolatli organ vakillari o‘rtasida bevosita muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi.

5-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilindi

Курс валют
Foto: Jonathan Borba / Unsplash

5-sentabr kuni uchun dollar kursi 12 437,15 so‘m (+62,6 so‘m) etib belgilandi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

O‘z ehtiyoji uchun olib kiriladigan avtomobillarni Piskentda sinovdan o‘tkazish bekor qilindi

Avtotransport savdosida trade-in va trade-up qonuniylashdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonga o‘z ehtiyoji uchun olib kiriladigan transport vositalari bo‘yicha moslikni baholash tartibi yengillashtirildi. Bu haqda Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik doirasida tuzilgan idoralararo komissiya qarori qabul qilindi. Qaror nusxasi Kursiv’da mavjud.

Unga ko‘ra, avtomobillarni Piskent avtopoligonida tekshirish joriy etilganidan keyin rasmiy sotuvlarda katta o‘zgarish kuzatilmagan. Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarmida jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan avtomobillar soni 2 693 taga ortgan.

O‘zbekistonda mahkumlarga kitob o‘qish evaziga jazoni qisqartirish imkoni beriladi

Foto: Pexels.com

O‘zbekiston Senati mahkumlarga kitob o‘qish orqali jazoni qisqartirish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.

Unga ko‘ra, endilikda mahkumlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tasdiqlagan ro‘yxatdagi har bir kitob o‘qilgani uchun jazodan 3 kun qisqaradi. Shu bilan birga, bir yil davomida eng ko‘pi bilan 30 kunlik imtiyoz olish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 3-sentabr kungi muhim xabarlar dayjestini yozgandi.

Shuningdek