O‘yin uchun eng kuchli smartfon taqdim etildi

4-sentabr 2025 10:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
smartfon
Foto: GSMArena

Red Magic o‘yin smartfonlari liniyasi bosh menejeri Jiang Chao yangi Red Magic 11 smartfoni haqida rasmiy ma’lumot berdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, bu model tarixdagi eng kuchli Red Magic smartfoni bo‘ladi. Yangi qurilma bir qator yangiliklar bilan taqdim etiladi. Suvdan himoya, eng so‘nggi flagman chip, rekord darajadagi akkumulyator, yangi yuqori darajadagi sensorli chip va eng ilg‘or to‘liq ekran bilan jihozlanadi.

Shuningdek, smartfon futuristik dizayni bilan ham ajralib turadi.

Foto: ITHome

Geekbench 6.3.0 natijalariga ko‘ra, Red Magic 11 modeli 3309 ball (bir yadro) va 10742 ball (ko‘p yadro) ko‘rsatkichini qayd etdi. GPU esa 22691 ball oldi. Qurilma 4.19 Hz chastotali 2 ta Prime yadro va 3.63 Hz chastotali 6 ta Performance yadroli Snapdragon 8 Gen 2 Supreme Edition protsessorida ishlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek