O‘z ehtiyoji uchun olib kiriladigan avtomobillarni Piskentda sinovdan o‘tkazish bekor qilindi

eʼlon qilindi
Yuridik shaxslar uchun avtomobil turini ma’qullash hujjatining amal qilish muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi
Avtotransport savdosida trade-in va trade-up qonuniylashdi
Foto: Ijtimoiy tarmoq

O‘zbekistonga o‘z ehtiyoji uchun olib kiriladigan transport vositalari bo‘yicha moslikni baholash tartibi yengillashtirildi. Bu haqda Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik doirasida tuzilgan idoralararo komissiya qarori qabul qilindi. Qaror nusxasi Kursiv’da mavjud.

Unga ko‘ra, avtomobillarni Piskent avtopoligonida tekshirish joriy etilganidan keyin rasmiy sotuvlarda katta o‘zgarish kuzatilmagan. Shu bilan birga, joriy yilning birinchi yarmida jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan avtomobillar soni 2 693 taga ortgan.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, yuridik shaxslar uchun avtomobil turini ma’qullash hujjatining amal qilish muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirildi.

Shuningdek, 2-sentabrdan shaxsiy ehtiyoj uchun olib kiriladigan bir dona avtomobilni Piskent avtopoligonida sinovdan o‘tkazish talabi bekor qilindi.

Bundan tashqari, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi muvofiqlikni baholash markazlarini tashkil etishda xususiy sektorni keng jalb qilish va akkreditatsiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha Prezident Administratsiyasiga takliflar kiritadi.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, rasmiy va norasmiy dilerlar o‘rtasida avtomobillar narxidagi tafovutlarni tahlil qiladi. Ular narxlarni maqbullashtirish va tartibga solish bo‘yicha choralarni ishlab chiqib, Administratsiyaga taqdim etadi.

Piskent poligoni nega yopildi

O‘zbekistonda avtomobillarni Piskent sinov majmuasida tekshirish amaliyoti shu yilning 2-sentabridan bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil 1-noyabrdan boshlab mazkur majmuada avtotransport vositalari Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan texnik reglament asosida sinovdan o‘tkazilgan edi. Ushbu tartib respublikaga sifat kafolatiga ega bo‘lmagan mashinalarning olib kirilishini cheklash va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Ammo tahlillar shuni ko‘rsatdiki, reglamentga muvofiqligi ma’qullanmagan yengil avtomobillar import qilinishi sababli ularni birma-bir sinovdan o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan. O‘sha davrda respublikada atigi uchta dilerlik markazi faoliyat yuritib, faqat 15 ta model uchun turini ma’qullash hujjati mavjud edi.

Bugunga kelib esa 21 ta xorijiy kompaniyaning rasmiy dilerlari faoliyat boshladi, 100 dan ortiq avtomobil rusumlariga turini ma’qullash hujjati rasmiylashtirildi. Natijada iste’molchilar rasmiy dilerlardan kafolatli va xavfsiz avtomobillarni sotib olish imkoniga ega bo‘ldi.

Shu sababli Piskent avtopoligonidagi sinovlarga ehtiyoj qolmagan va amaliyot to‘xtatilmoqda.

Shuningdek