O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat ko‘rsatishda hamkorlik qiladi

eʼlon qilindi
Xususan, Asir hududi bilan
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qishloq xo‘jaligi, turizm va xizmat ko‘rsatishda hamkorlik qiladi / Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston diplomatlari Saudiya Arabistonining Asir hududi hokimi shahzoda Turkiy bin Talol Ol Saud bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, hududlararo sheriklikni mustahkamlash hamda turizm, iqtisodiyot va investitsiya sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Asir hokimi O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi yutuqlarini yuqori baholab, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ta’kidladi. U, shuningdek, O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuvda turizm sohasi alohida yo‘nalish sifatida qayd etilib, Saudiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz kirish tizimi ijobiy baholandi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, tekstil, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Xitoyning yetakchi energetika va yadro kompaniyalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek