
Samsung yangi flagmanlari uchun yana ikki xil protsessor strategiyasiga qaytmoqda. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.
Samsung Galaxy S26 Pro va Galaxy S26 Edge modellari Exynos 2600 chipida taqdim etiladi. Bu platforma Samsung Foundry tomonidan 2 nanometrli GAA texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi va bozorga chiqqan birinchi 2 nm chip bo‘ladi.
Biroq Galaxy S26 Ultra esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipida ishlab chiqariladi. Snapdragon varianti TSMC’ning 3 nm texnologiyasida yaratilgan.
Manbalarga ko‘ra, Exynos 2600 asosan Osiyo va Yevropa bozorida, Snapdragon 8 Elite Gen 5 esa Amerika bozorida sotiladi. Shu tariqa Samsung flagmanlari yana ikki xil chip bilan taqdim etiladigan «klassik» strategiyaga qaytmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.