Surxondaryoda ayoli va bolasini molxonada saqlagan erkak qamoqqa olindi

eʼlon qilindi
Voqea haqida huquq-tartibot idoralariga 26-avgust kuni xabar berilgan
правоохранительные органы
Surxondaryoda ayol va uning chaqalog‘i molxonada saqlangan. Foto: Unsplash

Surxondaryo viloyati IIB xabar berishicha, ayol va uning chaqalog‘i norasmiy turmush o‘rtog‘i tomonidan majburan molxonada ushlab turilgan. Voqea haqida huquq-tartibot idoralariga 26-avgust kuni xabar berilgan.

Shundan so‘ng Uzun tumanidagi mahallaga profilaktika inspektori yetib kelgan. Uy egalari qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, u molxona eshigini buzib kirib, ayol va bolasini og‘ir sharoitida saqlanayotganini aniqlagan.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, ayolning norasmiy turmush o‘rtog‘i uni bir necha oy davomida molxonada majburan saqlab kelgan. Jabrlanuvchining nutqida nuqsoni borligi qayd etilgan. IIBning ta’kidlashicha, erkak unga nisbatan psixologik va jismoniy zo‘ravonlik qilgan.

Hozirda ayol va uning farzandi shifokorlar nazoratida. Ularning ta’minoti hududiy ijtimoiy himoya boshqarmasi tomonidan kuzatib borilmoqda.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Holat yuzasidan gumonlanuvchi va uning uch nafar qarindoshi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Bundan avval Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi Malika Kadirxanova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Maxkamovaga xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha so‘rov yuborgandi

So‘rovda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari so‘nggi yillarda oshgani ta’kidlanib, 2025-yilning birinchi yarmida 48 303 ta tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgani, bu o‘tgan yilga nisbatan 121% ko‘p ekani bildirildi. Eng ko‘p holatlar Toshkent viloyati, Buxoro, Qashqadaryo va Andijonda aniqlangan.

Senator so‘rovda tazyiqning sabablarini aniqlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mahallalarda murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar so‘ragan.

Shuningdek