Vivo X200 FE o‘zi qanday smartfon

4-sentabr 2025 13:13 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Vivo X200 FE
Vivo X200 FE o‘zi qanday smartfon / Foto: Vivo

Kompakt smartfonlar deyarli yo‘qolib borayotgan davrda Vivo X200 FE o‘zining ixchamligi, kuchli texnikasi va mustahkamligi bilan ajralib turibdi. Xo‘sh, Vivo X200 FE o‘zi qanday smartfon? Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.

Vivo X200 FE balandligi atigi 150,8 mm, vazni esa 186 gramm bo‘lib, uni qo‘lda ushlash va kundalik foydalanishda maksimal qulaylik yaratadi. Korpus IP69 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan hamda MIL-STD-810G sertifikatiga ega bo‘lib, yiqilish va zarbalarga ham chidamli.

Foto: Vivo

Kamera imkoniyatlari ham e’tiborga molik. Smartfon 50 MP frontal kamera, 50 MP asosiy modul va 50 MP periskop telefoto kameraga ega. Telefotoda 3,5 barobar optik zoom mavjud, asosiy modul esa tungi suratlarda ham yuqori natija beradi. Biroq 8 MP ultrakeng modul biroz zaif ko‘rinadi.

Eng katta ustunlik — batareya. Ixcham korpusga qaramay, unda 6500 mAh sig‘imli akkumulyator joylashgan. 90 Vt tezkor zaryadlash bilan uni to‘liq quvvatlantirish bir soatdan kam vaqt oladi.

Foto: Vivo

Displey ham yuqori darajada: 6,31 dyuymli LTPO AMOLED paneli 1,5K aniqlik, 120 Hz dinamik yangilanish tezligi va 1800 nit yorqinlikni taqdim etadi. MediaTek Dimensity 9300+ chipi, 12/512 GB xotira va stereo dinamiklar uni zamonaviy «flagman qotili»ga aylantiradi.

Foto: Vivo

Kamchiliklardan biri – UFS 3.1 turidagi xotira. U raqobatchilardagi UFS 4.0/4.1 kabi tez emas, biroq kundalik foydalanishda bu deyarli bilinmaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 165 dollarlik Vivo Y500 smartfoni taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek