Xorijdan o‘quvchilarni O‘zbekistondagi maktablarga ko‘chirish bo‘yicha platforma ishga tushdi

eʼlon qilindi
Buning uchun my.maktab.uz platformasi orqali elektron ariza topshirishi lozim
Rus maktablari
O‘zbekiston fuqarolari xorijdan o‘quvchilarni davlat maktablariga ko‘chirish xizmati. Foto: Elnur Ahmadov

Xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Mazkur xizmat orqali O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini xorijiy maktablardan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza berishi mumkin.

Buning uchun my.maktab.uz platformasi orqali elektron ariza topshiriladi. Ushbu xizmat O‘zbekistondagi barcha davlat maktablarida joriy etilgan.

Video: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Ariza topshirish tartibi:

  • ro‘yxatdan o‘tgach, avval ota-ona o‘z ma’lumotlarini, so‘ng bola haqidagi ma’lumotlarni kiritadi;
  • barcha ma’lumotlar kiritilgach, «xorijdagi maktabdan o‘quvchilarni ko‘chirish» tugmasi tanlanadi;
  • ariza shakliga xorijiy maktabda o‘qiganini tasdiqlovchi hujjat va uning notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi.

Avvalroq Rossiya maktablarida sinfdagi migrant bolalar sonini bir nafarga cheklash taklif qilingandi. Tashabbus «Yangi odamlar» partiyasi rahbari Aleksey Nechayev, shuningdek, deputatlar Anna Skroznikova va Sardana Avksenteva tomonidan ilgari surilgan.

Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyadagi 500 dan ortiq maktabda chet ellik o‘quvchilar ulushi 10 foizdan oshadi. Ayrim sinflarda esa yarmidan ko‘pini migrant bolalar tashkil qiladi. Bu esa migrant bolalarning yangi muhitga moslashishini qiyinlashtiradi. Deputatlar fikricha, taklif qilingan cheklov migrant bolalarni turli sinflarga teng taqsimlash va ta’lim jarayonining samaradorligini saqlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, mamlakatda migrantlarning bolalari uchun pullik ta’lim joriy etish taklif qilingan. Deputatlarning fikricha, ushbu choralar budjet va ta’lim infratuzilmasiga tushadigan yukni kamaytiradi, o‘qituvchilarga tushadigan bosimni yengillashtiradi va o‘quv jarayoni sifatini oshiradi. Shu bilan birga, migrantlar va ularning bolalari uchun o‘qishga yanada mas’uliyat bilan qarashga rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. 

Shuningdek