Yangi avlod Audi TT’ning kutilayotgan prototipi taqdim etildi

4-sentabr 2025 11:10 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi
Yangi avlod Audi TT’ning kutilayotgan prototipi taqdim etildi / Foto: Audi

Milan avtosalonida Audi Concept C prototipi namoyish qilindi. U 2027-yilda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan to‘rtinchi avlod Audi TT modeli uchun prototip avtomobil sifatida taqdim etilgan.

Yangi elektr sportkar klassik TT dizaynini saqlagan holda, Xitoy uslubidagi trendlardan butunlay voz kechgan. Uning markaziy tom qismi Auto Union Type C modeliga ishora qiladi. Platforma esa kelajakdagi Porsche 718 elektr bazasiga asoslangan.

Foto: Audi

Concept C uzunligi 4,35 m, kengligi 1,95 m, balandligi 1,23 m, g‘ildirak bazasi 2,65 mni tashkil etadi. Uning 1650 kg soddalashgan vazni modelni sinfidagi eng yengil elektromobillardan biriga aylantiradi. Avtomobil faqat elektr versiyada taqdim etiladi. Unda ichki yonuv dvigatelli variant bo‘lmaydi.

Foto: Audi

Audi bosh dizayneri Massimo Fraschellaning so‘zlariga ko‘ra, bu prototip seriyali modelning 87 foiziga mos keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Audi A7 va S7 ishlab chiqarilishini to‘xtatishi haqida yozgan edi.

Shuningdek