
5-sentabrdan boshlab Yaponiyada yangilangan Honda Prelude yangi avlodi sotuvga chiqdi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» xabar bermoqda.
Sport kupe modeli gibrid e/HEV tizimi bilan jihozlangan. Avtomobilning haydovchi o‘rindig‘i dinamik harakat uchun qulay qo‘llab-quvvatlashni, yo‘lovchi o‘rindig‘i esa yuqori darajadagi komfortni ta’minlaydi. Salonida Bose audiosistemi (8 karnay), ikki zonali konditsioner va 9 dyuymli multimedia ekrani o‘rnatilgan.

2,0 litrli dvigatelga asoslangan gibrid tizim S+ Shift texnologiyasi orqali 8 pog‘onali uzatmalar qutisini imitatsiya qiladi. Uchta asosiy rejim — Sport, GT, Comfort hamda shaxsiy sozlanadigan Individual rejim mavjud bo‘lib, haydovchi dvigatel, osma tizim, rul, kruiz-kontrol va hatto motor tovushini ham sozlashi mumkin.
Yaponiyada yangi Honda Prelude narxi 6,17 mln iena (taxminan $41 ming ) etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan 1,4 mln dona Honda va Acora avtomobillari dvigatel nosozligi sabab tekshirilayotgani haqida yozgan edi.