Avto

180 ming dollarlik BYD Yangwang U8L 12-sentabrdan sotuvga chiqadi

Uning og‘irligi 3,6 tonnaga teng
BYD Yangwang U8L avtomobili
180 ming dollarlik BYD Yangwang U8L 12-sentabrdan sotuvga chiqadi / Foto: BYD

Xitoyning BYD kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan hashamatli BYD Yangwang U8L avtomobili 12-sentabrdan boshlab sotuvga chiqadi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. Uning narxi $180 ming bo‘lib, og‘irligi 3,6 tonnaga teng.

Avtomobilning uzunligi 5400 mm, eni 2049 mm, balandligi 1921 mm, g‘ildirak bazasi esa 3250 mmga teng. U gabaritlarda Range Rover va Rolls-Royce Cullinan’dan katta. Krossover 23 dyuymli kovan disklar, elektrli yukxona eshigi va suzuvchi kapaklar bilan jihozlangan.

BYD Yangwang U8L avtomobili qanday xususiyatlarga ega / Foto: BYD

Salonda 6 o‘rinli (2+2+2) joylashuv mavjud. Old o‘rindiqlarda 14 nuqtali massaj, haroratni aniqlovchi aqlli tirsak tayanchlar va shaxsiy audio tizim bor. Ikkinchi qatorda «og‘irliksiz holat» (O‘rindiqning maxsus shakli va sozlanishi tufayli tanadagi bosimni teng taqsimlab, uzoq safarda ham yengillik va qulaylik hissini beruvchi funksiyadir) o‘rindiqlari o‘rnatilgan bo‘lib, 18 nuqtali massaj, audio tizim, qo‘ltiqtayoq sensori va biznes uchun stolchalar mavjud. Uchinchi qatorda isitish, markaziy tirsak tayanchni isitish va elektr sozlamalar bor.

Yangwang U8L 2,0 litrli ichki yonuv dvigateli va to‘rtta elektromotor bilan jihozlangan. Ularning umumiy quvvati 1180 ot kuchi va 1280 N·m aylanish momentini beradi. Avtomobilning yurish zaxirasi 1160 km.

Foto: BYD

SUV maxsus imkoniyatlarga ham ega: u suvda suza oladi, shina teshib qolsa ham harakatlanadi va joyida 360 darajali «tank burilishi»ni amalga oshira oladi.

Samarjiy massasi 3,6 tonna, to‘liq massasi esa 4,2 tonna etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 9-sentabr kuni Xitoyda BYD Leopard Titanium 7 savdosi boshlanishi haqida yozgan edi.