27 ming dollarlik Geely Galaxy M9 taqdim etildi — foto

5-sentabr 2025 11:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Geely Galaxy M9 avtomobili
27 ming dollarlik Geely Galaxy M9 taqdim etildi / Foto: CarNewsChina

Geely Galaxy kompaniyasi tomonidan yangi flagman Geely Galaxy M9 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Olti o‘rindiqli yirik SUV 17-sentabrdan sotuvga chiqadi. Narxlar $27 mingdan boshlanib, $36 minggacha yetadi. Avtomobil GEA Evo platformasida ishlab chiqilgan va Thor Super Electric Hybrid gibrid tizimi bilan jihozlangan. Shuningdek, haydovchiga yordam beruvchi H5 darajasidagi tizim ham mavjud.

Foto: CarNewsChina

Mashina uzunligi 5205 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1800 mm bo‘lib, g‘ildirak bazasi 3030 mmni tashkil etadi. Salon hajmi 5,2 kvadrat metrdan iborat, uzunligi 3,7 metr, balandligi esa 1,3 metrga teng. Ikkinchi va uchinchi qatordan erkin o‘tish imkoniyati yaratilgan.

Ichki qismida 12,66 dyuymli LCD panel, 30 dyuymli markaziy sensorli ekran, ikki rangli uch spikali rul o‘rnatilgan. Markaziy konsolda ikkita simsiz quvvatlash maydonchasi va tugmalar joylashgan.

Foto: CarNewsChina

Galaxy M9 0 dan 100 km/soatgacha 4,55 soniyada tezlanadi. Yonilg‘i sarfi 4,8 litrni tashkil etadi, yurish masofasi esa 1500 kilometrga yetadi. Avtomobil sun’iy intellekt asosida ishlaydigan raqamli shassi va AI Cloud Power 2.0 tizimi bilan ta’minlangan.

Shuningdek, AEB tizimi 130 km/soatgacha tezlikda avtomatik tormozlash imkoniyatiga ega. Yangi Geely Galaxy M9 Li Auto L9 va Aito M9 modellari bilan raqobat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Gentra avtomobilining kamchiliklari haqida yozgan edi.

Shuningdek