41 foiz abituriyent o‘tish ballini yig‘a olmadi — jadval

2025/2026-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalariga ko‘ra, abituriyentlarning qariyb yarmi belgilangan 56,7 ballik chegaradan past natija ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, umumiy hisobda 614 768 abituriyent imtihonda ishtirok etgan bo‘lsa, shundan 253 844 nafari yoki 41,29 foizi belgilangan o‘tish chegarasi — 56,7 balldan kam natija qayd etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan qariyb 6 foizga past.
№ | Hudud nomi | 56,7 balldan kam to‘plagan | Foizi | 2024-yildan farqi | 56,7 balldan ko‘p to‘plagan | Jami abituriyent soni |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | Andijon | 25 856 | 47,6% | -3,8% | 28 470 | 54 326 |
2 | Surxondaryo | 21 905 | 45,6% | -4,4% | 26 136 | 48 041 |
3 | Jizzax | 15 277 | 44,0% | -3,8% | 19 445 | 34 722 |
4 | Sirdaryo | 8 809 | 43,7% | -8,1% | 11 344 | 20 153 |
5 | Toshkent viloyati | 19 996 | 42,8% | -4,7% | 26 697 | 46 693 |
6 | Qoraqalpog‘iston | 17 714 | 42,4% | -9,0% | 24 033 | 41 747 |
7 | Qashqadaryo | 27 695 | 42,4% | -6,0% | 37 583 | 65 278 |
8 | Samarqand | 30 826 | 41,6% | -4,7% | 43 306 | 74 132 |
9 | Namangan | 17 005 | 41,1% | -4,8% | 24 420 | 41 425 |
10 | Navoiy | 9 836 | 40,2% | -8,9% | 14 634 | 24 470 |
11 | Xorazm | 14 631 | 40,0% | -5,8% | 21 962 | 36 593 |
12 | Farg‘ona | 23 858 | 38,4% | -5,8% | 38 339 | 62 197 |
13 | Toshkent shahri | 10 932 | 31,4% | -4,5% | 23 828 | 34 760 |
14 | Buxoro | 9 504 | 31,4% | -7,8% | 20 727 | 30 231 |
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etildi — bu yerda 47,6 foiz abituriyent (25 856 nafar) yetarli ball to‘play olmadi. Surxondaryo (45,6 foiz) va Jizzax (44 foiz) viloyatlari ham yuqori ko‘rsatkich qayd etgan hududlar qatoriga kirdi. Eng past natija esa Toshkent shahri va Buxoroda qayd etildi — bu hududlarda atigi 31,4 foiz abituriyent o‘tish ballidan kam natija ko‘rsatdi.
2025/2026 o‘quv yili test natijalari reytingi (o‘rtacha ball bo‘yicha):
1. Toshkent shahri – 82,6 ball
2. Toshkent viloyati – 75,4 ball
3. Sirdaryo viloyati – 74,5 ball
4. Navoiy viloyati – 73,2 ball
5. Samarqand viloyati – 72,7 ball
6. Farg‘ona viloyati – 72,4 ball
7. Buxoro viloyati – 71,8 ball
8. Jizzax viloyati – 71,2 ball
9. Namangan viloyati – 70,9 ball
10. Surxondaryo viloyati – 69,5 ball
11. Andijon viloyati – 68,7 ball
12. Xorazm viloyati – 67,3 ball
13. Qoraqalpog‘iston R. – 66,4 ball
14. Qashqadaryo viloyati – 64,1 ball
Shu bilan birga, 360 924 abituriyent yoki 58,7 foiz o‘tish ballidan yuqori natijaga erishdi. Eng ko‘p yuqori ball to‘plaganlar Samarqand (43 306 nafar) va Qashqadaryo (37 583 nafar) viloyatlarida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq abituriyent tanlangan beshta OTMga kira olmasa ham talaba bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.