Lifestyle

CAFA 2025: O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi

Uchrashuv 90+7-daqiqada yakunlandi
CAFA 2025: O‘zbekiston Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi / Foto: O‘FA

«CAFA Nations Cup 2025» musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘FA ma’lum qildi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston hujumda boshqaruvni qo‘lga oldi va 21-daqiqada Akmal Mozgovoy hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida Otabek Shukurov penalti zarbasini aniq amalga oshirib, farqni ikki baravar oshirdi.

Foto: O‘FA

82-daqiqada Igor Sergeyev ajoyib yakuniy hujum bilan uchinchi golni kiritdi, 90+3-daqiqada esa Azizbek Turg‘unboyev hisobni yakuniy 4:0 ga yetkazdi.

Foto: O‘FA

3-turdan so‘ng «A» guruhi turnir jadvali:

JamoaO‘yinlar (P)G‘alaba (W)Durang (D)Mag‘lubiyat (L)To‘plar nisbati (GD)Ochko (PTS)
O‘zbekiston32107-27
Ummon32105-37
Turkmaniston30123-51
Qirg‘iziston30122-71

Eslatib o‘tamiz, avvalroq musobaqaning «A» guruhi 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida Turkmanistonga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.