Samarqandda Chevrolet Cobalt skuter va avtomatik to‘siqqa borib urildi — video

eʼlon qilindi
3-sentabr kuni
Chevrolet Cobalt
Rasm ChatGPT yordamida yaratilgan

3-sentabr kuni soat 01:00 atrofida Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasida Chevrolet Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB xabar berdi.

Foto: YHXB

Chevrolet Cobalt avtomobili haydovchisi tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada yo‘lda harakatlanib ketayotgan skuterga urilgan va keyin aeroport kirish qismidagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan.

Hodisa oqibatida skuter haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan.

Video: Qalampir.uz telegram-kanali

Holat yuzasidan Samarqand shahri IIB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Gentra avtomobilining kamchiliklari haqida yozgan edi.

Shuningdek