Dollar kursi bir haftada deyarli 100 so‘mga oshdi

O‘zbekiston valyuta birjasida so‘nggi kunlarda dollar kursida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Kursiv Uzbekistan nashri dollar kursining hafta davomida o‘zgarishi haqida maqola tayyorladi.
2-sentabr kuni AQSh dollari 12 422,90 so‘m etib belgilandi va avvalgi kunga nisbatan 37,80 so‘mga pasaydi. 3-sentabrda pasayish davom etib, kurs 12 374,55 so‘mgacha tushdi, bu esa yana 48,35 so‘mlik yo‘qotishni ko‘rsatdi.

4-sentabrda dollar 62,60 so‘mga qimmatlab, 12 437,15 so‘mga yetdi. Haftaning yakuniy savdo kunida, 5-sentabrda, kurs sezilarli darajada oshib, 12 520,78 so‘mni tashkil qildi. Bu kunlik o‘sish 83,63 so‘mni tashkil etdi.
Shu tariqa, hafta davomida dollar dastlab pasaygan bo‘lsa-da, keyingi kunlarda qimmatlashdi va yakunda umumiy hisobda 97,88 so‘mga oshdi. Mutaxassislarning fikricha, bunday o‘zgarishlar tashqi bozordagi jarayonlar, talab va taklif balansi, shuningdek, ichki savdo hajmiga bog‘liq.

Sana | Haftaning kuni | Kurs (so‘m) | Kunlik o‘zgarish (so‘m) |
---|---|---|---|
2-sentabr | Seshanba | 12 422,90 | −37,80 |
3-sentabr | Chorshanba | 12 374,55 | −48,35 |
4-sentabr | Payshanba | 12 437,15 | +62,60 |
5-sentabr | Juma | 12 520,78 | +83,63 |
Amerika valyutasining yil boshidan turlicha o‘zgarishi bir necha sabablar tufayli kuzatilmoqda. Kursiv Uzbekistan bilan suhbatlashgan mutaxassislar bu barqarorlikni vaqtinchalik deb baholagan.
Unga ko‘ra, Nuriddin Lafizov muqobil ssenariy sifatida «yanada tezroq zaiflashish ehtimolini» ham istisno qilmaydi. Bunday holat, agar rubl 97–100 oralig‘iga tushsa, yuzaga kelishi mumkin. Bu esa pul o‘tkazmalari oqimining sekinlashuviga olib keladi. Ushbu ssenariyda kurs noyabr oyidayoq 13 800 darajasiga yetishi mumkin.
Lafizovning fikricha, aksincha vaziyat — ya’ni, kuchli rubl va qimmatbaho oltin narxlari — kursni yil oxirigacha 13 300–13 500 oraliqda ushlab turishi mumkin. Biroq u ishonch bilan ta’kidlaydi: «asosiy ssenariy — 13 800 darajasigacha ko‘tarilish bo‘lib qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 8-sentabr uchun valyuta kurslari e’lon qilingani haqida yozgan edi.