Garmin yangi Fenix 8 Pro soatlarini taqdim etdi

5-sentabr 2025 10:02 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Garmin yangi Fenix 8 Pro soatlarini taqdim etdi / Foto: Garmin

Garmin kompaniyasi Fenix 8 Pro aqlli soatlarini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina ma’lum qildi.

Ushbu modellarda AMOLED va dunyodagi ilk MicroLED displey qo‘llangan. 51 mm hajmdagi TOP-modellari titandan yasalgan, «kulrang karbon» qoplamaga ega bo‘lib, narxi $2 ming atrofida.

Foto: Garmin

MicroLED displey yorqinligi 4,5 ming nitga yetadi va quyosh ostida ham tiniq ko‘rinadi. AMOLED versiyalari esa 27 kungacha batareya ishlash muddatini ta’minlaydi.

Soatlar LTE va Garmin inReach orqali mustaqil qo‘ng‘iroq va xabar almashish imkonini beradi. Shuningdek, ular suvga chidamli (10 ATM), harbiy standartlarga mos, GPS, TopoActive xaritalar, sog‘liqni kuzatish tizimlari (EKG, uyqu, puls, Body Battery) va 100 dan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Foto: Garmin

Garmin Fenix 8 Pro modeli aqlli to‘lov (Garmin Pay), musiqa yuklash, bildirishnomalar, 32 GB xotira, dinamik va mikrofon bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 99 dollarlik Nothing CMF Watch Pro 3 taqdim etilgan edi.

Shuningdek