Mayk Tayson va Floyd Meyvezer 2026-yilda ringda uchrashadi

Boks afsonalari Mayk Tayson va Floyd Meyvezer Jr. 2026-yil boshida ko‘rgazmali jang o‘tkazadi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
60 yoshni qarshi olayotgan Tayson o‘tgan yili Jeyk Paulga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng ringga qaytmoqda, 48 yoshli Meyvezer esa jangni «muxlislar xohlagan voqea» deb atadi.
Jang sanasi va joyi hali e’lon qilinmagan. CSI Sports tomonidan tashkil etiladigan ushbu jang boks tarixidagi eng kutilmagan uchrashuvlardan biri sifatida baholanmoqda. Tayson bu jangni «sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin» deb tan olgan bo‘lsa-da, Meyvezer bunga rozi bo‘lgan.
Tayson og‘ir vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan, Meyvezer esa besh vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan, ammo 154 funtdan og‘ir vaznda jang qilmagan. Meyvezerning 2017-yilda Konor Makgregorga qarshi oxirgi rasmiy jangi, shuningdek, Menni Pakyao va Kanelo Alvaresga qarshi g‘alabalari boks tarixidagi eng daromadli janglar qatoriga kiradi.
«30 yillik faoliyatim davomida hech kim mening merosimga putur yetkaza olmadi. Bu jang ham tarixiy bo‘ladi», deya ta’kidladi Meyvezer.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edik.