Oʻzbekiston terma jamoasi oktabrda Urugvay bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

eʼlon qilindi
13-oktabr kuni Kuala Lumpur shahrida
Foto: O‘FA

Oʻzbekiston milliy jamoasi oktabr oyida Janubiy Amerikaning kuchli terma jamoalaridan biri Urugvay bilan oʻrtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv 13-oktabr kuni Kuala-Lumpur (Malayziya) shahrida boʻlib oʻtadi.

Mazkur bellashuv Oʻzbekiston va Urugvay terma jamoalari oʻrtasidagi uchinchi oʻyin boʻladi. Avvalgi ikki uchrashuv 2018 va 2019-yillarda oʻtkazilib, har ikkisini ham urugvayliklar 3:0 hisobida oʻz foydasiga hal qilgandi.

Foto: O‘FA

Yangi bahs Temur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston terma jamoasi uchun 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtadigan FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida muhim sinov vazifasini bajaradi.

Hozirda Urugvay terma jamoasini argentinalik tajribali mutaxassis Marselo Byelsa boshqarmoqda.

Avvalroq «Kursiv» CAFA Nations Cup – 2025 musobaqasining 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmaniston ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek