
Senatning 10-yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Alisher Usmanov besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi etib saylandi.
Shuningdek, Ikram Muslimov Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari – sudlov hay’ati raisi lavozimidan, Nodira Xakimova esa Oliy sud sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Bundan avval O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etish tartibi belgilangandi.
2025-yil 1-oktabrdan boshlab sudyalik lavozimlariga nomzodlar Akademiyaning olti oylik kasbiy qayta tayyorlash kurslarida davlat granti asosida o‘qitiladi. Kurslarga qabul qilingan shaxslar o‘qish davomida egallab turgan lavozimini saqlab qoladi hamda ularga har oyda sudya yordamchisining bir oylik ish haqi miqdorida stipendiya to‘lanadi.