O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan viza markaziga chora ko‘rildi

eʼlon qilindi
Qo‘mita kompaniyaga 10 kun ichida javob taqdim etish yuzasidan rasmiy murojaat yubordi
O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan viza markaziga chora ko‘rildi. Foto: VFS Global / DQliving

O‘zbek tilida xizmat ko‘rsatmagan viza markaziga chora ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qashqadaryolik fuqaro VFS Global markazi xizmatlarida ovozli menyu, operatorlar va hujjatlarda davlat tili ishlatilmayotgani, barcha ish hujjatlari faqat rus va ingliz tillarida yuritilayotganidan norozi bo‘lgan.

Mazkur holat bo‘yicha qo‘mita kompaniyaga tegishli choralar ko‘rish hamda 10 kun ichida javob taqdim etish yuzasidan rasmiy murojaat yubordi.

Shuningdek, qo‘mita ushbu masalani nazoratga olib, iste’molchilarga davlat tilida to‘liq va tushunarli ma’lumot berilishini ta’minlash choralarini ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Bundan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi avtovokzal va avtostansiyalar nomlarini davlat tili qoidalari va me’yorlariga muvofiqlashtirish maqsadida yangi nomlar berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgandi

Transport vazirligi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish jarayonida mahalliy aholining fikrini inobatga olgan.

Shuningdek