O‘zbekistonda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan beshta muzey nomi ochiqlandi

eʼlon qilindi
O‘zbekistondagi muzeylar soni (filiallarni qo‘shgan holda) 138 tani tashkil etadi
O‘zbekistonda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan beshta muzey e’lon qilindi. Foto: ijtimoiy tarmoq

2025-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekistondagi muzeylar soni (filiallarni qoʻshgan holda) 138 tani tashkil etadi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ulardan Madaniy meros agentligi tizimida 114 ta davlat muzeyi faoliyat yuritadi: 37 tasi asosiy muzey, 71 tasi filial va oltitasi muzey-qo‘riqxona hisoblanadi.

Joriy yil boshidagi holatga ko‘ra, eng ko‘p tashrif buyurilgan muzeylar beshtaligi quyidagicha:

  1. Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi – 1,04 million nafar;
  2. Registon ansambli direksiyasi – 908,2 ming nafar;
  3. Shon-sharaf davlat muzeyi – 656,3 ming nafar;
  4. Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi – 489,2 ming nafar;
  5. Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi – 457 ming nafar.

2024-yil davomida O‘zbekistondagi barcha muzeylarga jami 4,8 million nafar sayyoh tashrif buyurgan. Ulardan 1,4 millionini xorijiy mehmonlar tashkil etdi.

Joriy yilning 27-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilishi boshlangandi. Tamal toshi qo‘yish marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Muzey loyihasi Yaponiya arxitektura byurosi Tadao Ando Architect & Associates va Germaniyaning Atelier Brückner kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish ishlarini Xitoyning CSCEC International Construction kompaniyasi amalga oshiradi.

Yangi muzey 40 ming kvadrat metr maydonda barpo etilib, 3 qavatli asosiy bino, 2 qavatli yerto‘la va yordamchi inshootlardan iborat bo‘ladi. Unda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari hamda zamonaviy saqlash xonalari tashkil etiladi. Shu orqali hozirda turli muzeylarda tarqoq holda saqlanayotgan 10 mingga yaqin eksponatni bir joyda namoyish etish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek