O‘zbekistonliklar kuzgi sayohat uchun Markaziy Osiyo davlatlarini tanlamoqda

eʼlon qilindi
Aviasales.uz ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi

O‘zbekistonliklar bu yilgi kuz faslida ham ichki, ham tashqi yo‘nalishlarga qiziqishni kuchaytirdi. Aviasales.uzning Kursiv’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, umumiy bronlar soni 12 foizga oshgan.

Eng mashhur xorijiy manzillar orasida Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, BAA, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Latviya va Tailand bor.

Ichki turizm sezilarli o‘sishda, ya’ni mamlakat bo‘ylab safarlar soni 36 foizga ko‘paygan. Qozog‘istonga ham talab kuchli bo‘lib, bronlar 41 foizga oshgan, narxlar esa o‘zgarmagan.

Turkiyaga uchun chiptalar 8 foizga tushdi. Xitoy yo‘nalishida esa vizasiz rejim tufayli narxlar 39 foizga pasaydi, bronlar 46 foizga ko‘paydi.

Aksincha, BAA yo‘nalishida qiziqish kamaygan. Bronlar 36 foizga qisqardi, chiptalar esa 16 foizga qimmatladi. Bunga Wizz Air’ning Abu-Dabiga parvozlarni to‘xtatgani sabab bo‘ldi.

Ozarbayjonga bo‘lgan talab esa o‘sishda bronlar 12 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, O‘zbekistonga keladiganlar soni ham oshmoqda. Rossiyadan amalga oshirilgan xalqaro reyslarning 21 foizi Toshkentga bron qilingan. Qozog‘iston, Tojikiston va Yevropadan ham kirish oqimi sezilarli yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Xitoyga viza bekor qilingandan keyin o‘zbekistonlik sayyohlar oqimi oshgani haqida yozgandi.

Shuningdek