
O‘zbekistonning Livandagi yangi elchisi Abdusalom Xatamov prezident Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Marosimdan keyingi suhbatda prezident Aun O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, samimiy salomlarini yetkazdi.




Elchi Abdusalom Xatamov Livan tashqi ishlar vaziri Yusuf Rajji bilan ham uchrashdi. Tomonlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tashriflar va madaniyat kunlarini tashkil etish hamda turizm almashinuvini rivojlantirishga kelishib oldi.
Bundan avval Abdusalom Xatamov 2024-yil 4-fevral kuni O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi sifatida Maskat shahriga tashrif buyurgan. 2024-yil mart oyida esa u O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Shuningdek, avvalroq Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Fransiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ualid Fukdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.