Qirg‘izistondan giyohvandlik moddalar olib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Ular Qirg‘izistondagi narkosavdogardan ikki kg «gashish»ni $15 ming evaziga sotib olishga kelishgan
Qirg‘izistondan giyohvandlik moddalar olib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ekran tasviri videodan olindi

Qirg‘izistondan giyohvandlik moddalari olib kelgan Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi olti nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Qirg‘izistondagi narkosavdogardan ikki kg «gashish»ni $15 ming evaziga sotib olishga kelishgan. Boshlang‘ich to‘lov sifatida $2 mingni yetkazib bergan.

Bundan keyin Qirg‘iziston fuqarosi mazkur moddani davlat chegarasidan yashirincha olib o‘tib, Xonobod shahridagi maxfiy joyda qoldirgan. Keyinchalik qo‘rg‘ontepaliklardan biri uni olib, mashinasida Xonobod – Qo‘rg‘ontepa yo‘nalishida ketayotganida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Video: DXX

Tezkor tadbir davomida guruhning qolgan beshta a’zosi ham ushlangan. Ekspertiza natijasiga ko‘ra, topilgan «gashish»ning sof og‘irligi 1,9 kgni tashkil qilgan.

Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bundan avval Rossiya, Tojikiston va Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qariyb 80 kg giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgandi. Surxondaryoda ikki nafar fuqaro 20 kg 374 gr «opiy» va 41 kg 668 gr «gashish» bilan ushlandi. Ularning sheriklari ham qo‘lga olindi. Toshkent viloyatida esa marmar quymaning ichiga yashirilgan 7 kg 902 gr «mefedron» aniqlanib, Rossiyadan olib kirgan kuryer va buyurtmachisi hibsga olindi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatida afg‘on narkosavdogarlaridan giyohvandlik vositalarini olib sotish bilan shug‘ullangan ona-bola ushlanib, ulardan 5 kg 878 gr «opiy» va 3 kg 922 gr «gashish» ashyoviy dalil sifatida olindi. Umumiy hisobda 79 kg 744 gr giyohvandlik vositasi musodara qilingan.

Shuningdek