Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
Aleksey Yerxov
Foto: Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib Aleksey Yerxov tayinlandi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarori qabul qilindi.

Yerxov 1960-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. U 1983-yildan buyon diplomatik faoliyat bilan shug‘ullanib keladi. Turli yillarda Rossiya elchixonalari tarkibida Marokash (1983–1987), Misr (1990–1994) va Isroilda (1996–2000) xizmat qilgan.

Diplomat 2003–2006-yillarda Rossiyaning Suriyadagi elchixonasida maslahatchi-vakil, 2009–2015-yillarda Istanbuldagi bosh konsul sifatida faoliyat yuritgan. 2015–2017-yillarda esa Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Vaziyat va inqiroz markazi departamentini boshqargan.

Shundan so‘ng u Rossiyaning Turkiyadagi elchisi sifatida ishlagan. Endilikda esa Yerxovning asosiy vazifasi Toshkent va Moskva o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Oleg Malginov O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasigadagi to‘rt yillik faoliyatini shu yilning iyun oyida yakunlagandi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning Lixtenshteyndagi ilk elchisi tayinlangani haqida yozgandi.

Shuningdek