Yangiliklar

Andijondagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz berdi — video

Avtomobildan propan suyultirilgan gazni to‘kish jarayonida
Foto: Videodan olindi va sun‘iy intellektda qayta ishlandi

Bugun, 5-sentabr kuni soat 12:05 da Andijon viloyati Andijon tumanida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan va siqilgan gaz to‘ldirish shoxobchasida yong‘in chiqqan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar qilindi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2025/09/00001.mp4
Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Unga ko‘ra, MAN rusumli yonilg‘i tashuvchi avtomobil sisternasidan propan suyultirilgan gazni to‘kish jarayonida texnologik qoidalar buzilgani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 12:13 da yetib borgan. Yong‘in 12:26 da o‘rab olinib, 13:03 da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Sho‘rchi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida yong‘in yuz bergani haqida yozgandi.