Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi

eʼlon qilindi
Uning samolyoti Singapurga yo‘l olgani aytilgan bo‘lsa-da, aslida Dubayga uchgan
Tailand sobiq bosh vaziri sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi / Foto: SJX Watches

Tailandning sobiq bosh vaziri Thaksin Shinavatra sud qarori e’lon qilinishidan bir necha kun oldin shaxsiy samolyotida mamlakatni tark etdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 76 yoshli siyosatchi Singapurga «sog‘liq tekshiruvi» uchun ketayotganini bildirgan bo‘lsa-da, samolyoti oxir-oqibat Dubayga yo‘nalgan.

Shinavatra ilgari 15 yil surgunda yashagan va 2023-yilda vatanga qaytib, qisqa muddat hibsda bo‘lgan edi. Qirol qarori bilan jazosi qisqartirilganidan so‘ng u shartli ozod qilingan. Bu galgi ketishi esa uning qaytib kelmasligi haqidagi taxminlarni yanada kuchaytirdi.

Shu bilan birga, Tailand parlamenti yaqin kunlarda yangi bosh vazirni saylashi kutilmoqda. Siyosiy kuchlar orasidagi kurashda Bhumjaithai partiyasi yetakchisi Anutin Charnvirakul asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tailand Konstitutsiyaviy sudi 6 – 3 ovoz bilan bosh vazir Paetongtarn Shinavatrani axloqiy me’yorlarni buzganlikda ayblab, lavozimidan chetlatgan edi. U Tailand milliy manfaatlariga zid bayonoti va chegaradagi keskinliklarda aybdor deb topilgan.

Shuningdek