Tailandga yangi bosh vazir saylandi

eʼlon qilindi
U ovozlarning 63 foizini qo‘lga kiritdi
Tailandga yangi bosh vazir saylandi / Foto: The Boston Globe

Tailand parlamentida o‘tkazilgan ovoz berish natijasida Anutin Charnvirakul bosh vazir etib saylandi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

U Shinawatra oilasining ilgari hukmron bo‘lgan Pheu Thai partiyasi nomzodini yengib, siyosiy beqarorlik va to‘xtab qolgan hukumat ishlariga nuqta qo‘ydi.

Anutin ovozlarning 63 foizini qo‘lga kiritib, qarama-qarshi raqibidan ikki baravar ko‘p ovoz bilan g‘alaba qozondi. U Xalq partiyasi bilan tuzilgan kelishuv orqali konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha referendum va to‘rt oy ichida saylov o‘tkazishga va’da bergan.

58 yoshli Anutin sobiq bosh vazir o‘rinbosari, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib, Tailandning Covid-19 bo‘yicha rahbari ham bo‘lgan. U konservativ siyosatchi bo‘lsa-da, kannabisni dekriminalizatsiya qilish kampaniyasi bilan mashhur.

Pheu Thai partiyasi mag‘lubiyatga qaramay, hokimiyatga qaytishga va’da berdi. Ma’lumot uchun, sobiq bosh vazir Thaksin Shinawatra sud qaroridan oldin mamlakatdan qochib ketdi.\

Avvalroq esa Tailand Konstitutsiyaviy sudi 6 – 3 ovoz bilan bosh vazir Paetongtarn Shinavatrani axloqiy me’yorlarni buzganlikda ayblab, lavozimidan chetlatgan edi. U Tailand milliy manfaatlariga zid bayonoti va chegaradagi keskinliklarda aybdor deb topilgan

Shuningdek