Toshkent viloyati chegarasida o‘q otish holati qonuniy deb topildi

eʼlon qilindi
Ikki davlat idoralari tomonidan o‘rganilgach
Toshkent viloyati chegarasida o‘q otish holati qonuniy deb topildi / Foto: Facebook

Toshkent viloyatida davlat chegarasida yuz bergan hodisa ikki davlat idoralari tomonidan o‘rganilib, chegara xodimlarining harakatlari qonuniy deb topildi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 15-avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Ugam-Chotqol qo‘riqxonasi yaqinida davlat chegarasi hududida ikki nafar noma’lum shaxs payqab qolingan. Chegara xodimlari ularga to‘xtashni buyurgan, biroq ular qochishga uringan. Ogohlantiruvchi o‘q uzilganiga qaramay, ular talabga bo‘ysunmagan va chegara tomon harakatni davom ettirgan.

So‘nggi chora sifatida qurol qo‘llanilgan va natijada ular jarohat olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Hodisa joyidan chodir, uchta ot, oziq-ovqat mahsulotlari hamda yashirinib qolgan uchinchi shaxsning izlari topilgan.

Keyinchalik, halok bo‘lganlarning Qirg‘iziston fuqarolari ekani aniqlanib, jasadlari qarindoshlariga topshirilgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari hodisa joyini birgalikda ko‘zdan kechirib, chegara xodimlarining harakatlari qonuniy ekani tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tajen — Dovut-ota» chegara punktidagi cheklovlar yil oxirigacha uzaytirilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek