Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Nizom tasdiqlandi
Tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi belgilandi. Foto: Tevalux11 / depositphotos.com

Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning bojxona hududidan chiqadigan tovarlar qiymatini aniqlash tartibi haqidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizomga ko‘ra, olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymati ixtiyoriy yoki soxta narxlarga asoslanmasligi lozim.

Bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullar orqali amalga oshiriladi:

  • olib chiqiladigan tovar bo‘yicha bitim qiymati asosida;
  • ayni bir xil tovar bo‘yicha bitim qiymati asosida;
  • o‘xshash tovar bo‘yicha bitim qiymati asosida;
  • qiymatlarni qo‘shish asosida;
  • zaxira usuli orqali.

Asosiy usul — 1-usul hisoblanadi. Agar uni qo‘llash imkoni bo‘lmasa, qolgan usullar ketma-ket tartibda qo‘llanadi.

Bojxona qiymatini aniqlashning boshlang‘ich nuqtasi — xaridor sotuvchiga to‘lashi lozim bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni belgilashdan iborat.

Bundan avval bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash tartibi tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, qayta ishlash taqiqlanganlar qatoriga uran, boshqa radioaktiv moddalar, kaolin va kvars qumi kiritilgan.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • import qilinadigan tovarlarni bevosita ishlab chiqarish obyektiga olib ketish mumkin;
  • «bojxona hududida qayta ishlash» rejimida tayyorlangan mahsulotlar keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yana chuqurroq qayta ishlanishi mumkin;
  • mahalliy qayta ishlovchi chetdan xomashyo olib, mahsulotni qayta ishlab, uni boshqa mahalliy qayta ishlovchiga hisob-faktura asosida sotish huquqiga ega bo‘ldi.
Shuningdek