Tramp Pentagonni «Urush vazirligi» deb qayta nomlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni farmonga imzo chekib, Pentagonning rasmiy nomini «Mudofaa vazirligi»dan «Urush vazirligi»ga o‘zgartirishi kutilmoqda. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.
U bu qarorni Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davridagi tarixiy nomga qaytish sifatida izohladi. Pentagon dastlab Jorj Vashington davrida «Urush vazirligi» nomi bilan tashkil etilgan, biroq 1949-yilda prezident Garri Trumen tomonidan «Mudofaa vazirligi»ga aylantirilgan.
Mudofaa vaziri Pit Hegset bu qarorni qo‘llab-quvvatlab, so‘zlar va nomlar muhim ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u so‘nggi oylar ichida harbiy bazalar va kemalarga tarixiy nomlarni qaytarish bo‘yicha ham tashabbuslarni amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Oq uyda texnologiya rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.