Warner Bros. Discovery Midjourney’ni sudga berdi

eʼlon qilindi
Mashhur qahramonlarning tasvirlaridan noqonuniy foydalangani yuzasidan
Warner Bros. Discovery Midjourney’ni sudga berdi / Foto: Midjourney

Warner Bros. Discovery kompaniyasi mashhur SI tasvir generatori Midjourneyni mualliflik huquqlarini buzishda ayblab, Los-Anjeles federal sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Da’voga ko‘ra, platforma Superman, Batman, Wonder Woman, Scooby-Doo va Bugs Bunny kabi mashhur qahramonlarning tasvirlaridan noqonuniy foydalangan.

Kompaniya suddan katta miqdorda tovon, noqonuniy daromadlarni qaytarish hamda kelgusida bunday buzilishlarning oldini olishni talab qilmoqda. Shuningdek, WBD Midjourney ilgari mavjud bo‘lgan himoya cheklovlarini olib tashlagani va bu orqali foydalanuvchilarga mualliflik huquqlari bilan himoyalangan obrazlarni bemalol yaratish imkonini berganini qayd etmoqda.

Foto: The Verge

Bu Midjourney’ga qarshi yirik sud jarayonlaridan biri bo‘lib, undan avvalroq Disney va Universal ham iyun oyida shunga o‘xshash da’volarni ilgari surgan edi.

Ma’lumot uchun, 2022-yilda San-Fransiskoda tashkil etilgan Midjourney kompaniyasi 2024-yilga kelib 21 mln foydalanuvchiga ega bo‘lib, qariyb $300 mln daromad ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq xAI kompaniyasi Apple va OpenAI’ni sudga bergan edi.

Shuningdek